Xabarga ko‘ra, o‘zbek so‘mining 1 AQSH dollariga nisbatan bo‘ladigan qiymati 10 848,58 so‘mni tashkil qilmoqda.
Rossiya rubli 0.47 so‘mga qimmatlashib, 147.04 so‘mga yetgan.
Yevro esa 0.68 so‘mga arzonlagan. Ayni vaqtda 1 yevro 12 240.45 so‘mga baholanmoqda.
Maʼlumot uchun, kecha Milliy bankning 22-dekabr sanasi uchun eʼlon qilgan summasida 1 AQSH dollari 10 837,65 so‘mga baholangan. Tijoriy banklar bu summadan kelib chiqqan holda dollar sotishni 10 880 so‘mdan 10 890 so‘mgacha belgilashgan edi.
Ertangi kurs haqida esa hozircha tijoriy banklardan sado chiqmadi. Dollar kursi ehtimol 10 900 so‘mga chiqar yoki 10 890 so‘mda qoladimi? Buni ertaga tijoriy banklar eʼlon qilgan summadan bilib olamiz.
Avvalroq Koronavirusga qarshi emlanganlarga 100 dollardan berilishi haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev


