Maʼlumotlarga ko‘ra, shahardagi emlash markaziga tashrif buyurganlarning hammasi koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasi uchun pul oladi.
Pul mablag‘larini olish uchun aholi maxsus veb-saytda ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.
Emlash uchun mablag‘ ajratilishi shaharda koronavirus bilan kasallanish sonining keskin ko‘payishi bilan bog‘liq.
Avvalroq shahar hokimiyati vaksinatsiya barcha ishchilar uchun majburiy ekanligini aytgan edi. Aks holda, odamlar haftalik qatʼiy test protokollaridan o‘tishlari kerak bo‘ladi.
Avval xabar qilinganidek, AQSHning kattalar aholisining 60 foizdan ortig‘i COVID‘ga qarshi vaksina olgan.
Nasiba To‘xtayeva


