1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tinchlik rejasining 90 foizi kelishilgan — Zelenskiy

AQSh va Ukraina yetakchilari Donbass masalasi murakkabligicha qolayotganini, biroq yechimga yaqinlashilganini ta’kidladi.

Tinchlik rejasining 90 foizi kelishilgan — Zelenskiy

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan o‘tkazilgan uchrashuvdan so‘ng Ukrainadagi mojaroni hal etish borasida tomonlar kelishuvga yaqinlashayotganini ma’lum qildi.

 

Oxu.Az nashrining xabar berishicha, bu haqda AQSh rahbari ikki yetakchi ishtirokida bo‘lib o‘tgan qo‘shma matbuot anjumanida bayonot bergan.

 

Donald Tramp Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Ukrainadagi vaziyatni barqarorlashtirish yo‘lida sezilarli yutuqlarga erishilganini ta’kidladi.

 

Uning aytishicha, tomonlar Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari masalasida deyarli umumiy kelishuvga kelgan.

 

AQSh prezidenti Donbass masalasi hanuz murakkabligicha qolayotganini, biroq bu yo‘nalishda ham yechimga yaqinlashilayotganini qayd etdi.

 

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga kelishuvga hoziroq rozi bo‘lishi kerak, aks holda hududiy yo‘qotishlar ortishi mumkin.

 

Shuningdek, u hududiy masalalar referendum o‘tkazish yoki Ukraina parlamenti tomonidan tasdiqlash orqali hal etilishi ehtimolini istisno etmadi. Tramp aholining aksariyati harbiy harakatlarning to‘xtatilishini qo‘llab-quvvatlashiga ishonch bildirdi hamda yaqin haftalarda yakuniy kelishuvga erishish uchun tomonlar yana birlashishini ta’kidladi.

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa o‘z navbatida 20 banddan iborat tinchlik rejasi bo‘yicha kelishuvning 90 foizi ta’minlanganini, xavfsizlik kafolatlari esa to‘liq, ya’ni 100 foiz bajarilganini ma’lum qildi.

 

Zelenskiy Ukrainaning pozitsiyasi konstitutsiya va mamlakat hududiy yaxlitligini hurmat qilish tamoyillariga asoslanishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bilan bog‘liq masalalarda tomonlarning qarashlari farq qiladi. Referendum masalasiga to‘xtalar ekan, Ukraina rahbari bu asosiy muhokama mavzularidan biri ekanini, referendum o‘tkazilishi yoki o‘tkazilmasligi ehtimoli mavjudligini qayd etdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика