1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tojikiston prezidentining qizi Qobiljonning onasiga 30 ming dollar miqdorida yordam berdi

Avvalroq Tojikiston hukumati tomonidan Qobiljonning onasiga uy sovg‘a qilingan.

Tojikiston prezidentining qizi Qobiljonning onasiga 30 ming dollar miqdorida yordam berdi

 

 


Tojikiston Prezidenti ijro apparati rahbari, prezident Imomali Rahmonning qizi Ozoda Rahmon Moskvada sodir bo‘lgan fojiali voqea ortidan 10 yoshli Qobiljon Alievning onasi Nilufar Safoevaga 300 ming somoniy (taxminan 30 ming AQSh dollari) miqdorida moddiy yordam taqdim etdi. Bu haqda “Xovar” davlat axborot agentligi xabar berdi.


Rasmiylarga ko‘ra, ushbu tashabbus jamiyatda birdamlik, mehr-oqibat va insoniy qadriyatlarni namoyon etish maqsadini ko‘zlaydi. Avvalroq Tojikiston hukumati Qobiljonning onasiga uy sovg‘a qilgan, shuningdek, tadbirkor Umar Alimatov uni oyiga 10 ming somoniy maosh bilan ish bilan ta’minlash majburiyatini olgani ma’lum qilingan.


Eslatib o‘tamiz, 16 dekabr kuni Moskva viloyatidagi maktabda 15 yoshli o‘quvchi hujumi oqibatida 4-sinfda tahsil olayotgan Qobiljon Aliev halok bo‘lgan edi. Mazkur holat keng jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lib, Tojikiston va Rossiya rasmiylari voqeani keskin qoralagan, aybdorlar qonun oldida javob berishi ta’kidlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика