1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Davlat Bobonov Prezident sovg‘a qilgan uyni borib ko‘rdi

Avval xabar qilganimizdek, “Tokio-2020” yozgi Olimpiada o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga Prezident sovg‘asi —  mashina va uy kaliti topshirilgan edi.

Davlat Bobonov Prezident sovg‘a qilgan uyni borib ko‘rdi

 

Bugun dzyudo bo‘yicha “Tokio-2020” sovrindori Davlat Bobonov oilasi bilan davlatimiz rahbari  sovg‘a qilganTrailblazer” avtomobilida ikkinchi mukofot – yangi uyni borib ko‘rdi. Bu haqda Millliy olimpiya qo‘mitasi xabar qildi.

 

Aytish joiz, Bobonovlar oilasi ushbu sovg‘alardan juda ham xursand va kayfiyatlari aʼlo. Ular o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan, ko‘rsatilayotgan eʼtibor va g‘amxo‘rlik uchun Prezidentimizdan benihoyat minnatdor ekanliklarini bildirishdi.

 

«Olimpiada  o‘yinlarida hamma sportchi o‘z yurti, nomi va oilasi sharafini himoya qiladi. Mening ona Vatanim— O‘zbekiston uchun ko‘rsatgan mana shunday kichik xizmatim juda ham yuqori baholanganidan  baxtiyorman. Kelgusi Olimpiada o‘yinlarida bu menga juda katta motivatsiya beradi», – dedi Olimpiada sovrindori Davlat Bobonov.

 

Eslatib o‘tamiz, “Tokio-2020” Olimpiadasining bronza medali sohiblariga poytaxtimizda qad rostlayotgan “Grinpark” majmuasidan 2 xonali uy sovg‘a qilindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика