1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Topshirig‘im asosida yig‘ilish o‘tkazdi” — Ramzan Qodirov o‘g‘li Adam bilan bog‘liq holat yuzasidan video e’lon qildi

Videoda Adam Checheniston xavfsizlik kuchlari rahbariyati bilan yig‘ilish o‘tkazayotgani tasvirlangan.

“Topshirig‘im asosida yig‘ilish o‘tkazdi” — Ramzan Qodirov o‘g‘li Adam bilan bog‘liq holat yuzasidan video e’lon qildi

 

 

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘g‘li Adam Qodirovning Grozniyda sodir bo‘lgan avariyadan keyingi holati bo‘yicha video e’lon qildi. Video Telegram-kanalida 17-yanvar kuni joylashtirilgan bo‘lib, unda Adam Checheniston xavfsizlik kuchlari rahbariyati bilan yig‘ilish o‘tkazayotganini ko‘rsatadi.

 

Qodirovning postida aytilishicha, “Checheniston rahbari yordamchisi, Checheniston xavfsizlik kengashi kotibi Adam Qodirov mening topshirig‘im asosida respublika kuch tuzilmalari qo‘mondonlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Kun tartibida saylovlarga tayyorgarlik, jamoat xavfsizligini ta’minlash, ekstremizmga qarshi kurash va maxsus harbiy operatsiya zonalarida faoliyat masalalari muhokama qilindi.”

 

Ma’lum bo‘lishicha, 18 yoshli Adam avariyadan keyin Grozniy shahridagi Respublika shifoxonasiga olib kelingan va reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. YTH Qodirov korteji yuqori tezlikda harakatlanayotganda sodir bo‘lgan va bir necha kishi jarohat olgan. Hodisa tufayli shifoxonaga olib boruvchi ayrim yo‘llar vaqtincha yopilgan.

 

Adam Qodirov Checheniston rahbarining faoliyatida muhim shaxs bo‘lib, respublika xavfsizlik kengashi kotibi, Ichki ishlar vazirligi kuratori va G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami ko‘rsatish fondi koordinatori sifatida ishlaydi. Shuningdek, u “Checheniston qahramoni”, “Qodirov” ordeni va bir nechta boshqa mukofotlarga sazovor bo‘lgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика