1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent metrosida yana poyezd buzilib qoldi

Metropoliten yana uzr so‘rash bilan kifoyalandi.

Toshkent metrosida yana poyezd buzilib qoldi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston bekatidagi harakat tarkibi buzilib qolgani to‘g‘risidagi xabarlar tarqalmoqda. Holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” DUK rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, bugun soat 08:48 da “O‘zbekiston” bekatidan harakatlanishi lozim bo‘lgan harakat tarkibida texnik jihatdan nosozlik kuzatilgan. Shu boisda ham yo‘lovchilar va harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida elektropoyezd mashinisti tomonidan barcha yo‘lovchilar bekatga tushirilgan hamda yuzaga kelgan nosozlikni aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida bu harakat tarkibi tekshiruv yo‘lagi tomon harakatlantirilgan. Shundan so‘ng, oradan 3 daqiqa vaqt o‘tib, ortdan kelgan harakat tarkibi bekatdagi yo‘lovchilarni olib manzillari tomon olib ketgan.

 

“Hozirgi vaqtda yo‘nalishdagi poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda. Keltirilgan noqulayliklar yuzasidan uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chilonzor yo‘nalishining Milliy bog‘-Novza peregoni estakasida harakatlanayotgan 29-sonli harakat tarkibida ham yo‘lovchilar oqimi ko‘p bo‘lgani bois texnik nosozlik holati kuzatilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика