1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent tumanidagi dorixona omborida yirik qonunbuzarliklar aniqlandi

Omborda milliardlab so‘mlik sertifikatsiz, muddati o‘tgan va qalbaki dori vositalari saqlangan.

Toshkent tumanidagi dorixona omborida yirik qonunbuzarliklar aniqlandi

 

 

DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent tumanida faoliyat yurituvchi dorixonalardan biriga tegishli omborxona belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv jarayonida omborda 1 209 turdagi, umumiy qiymati qariyb 38 milliard so‘mlik dori vositalari mavjudligi aniqlandi. Bu haqda Zamon.uz ga DXX habar berdi.

Aniqlanishicha, ushbu dorilarning taxminan 20 milliard so‘mlik qismi xalqaro GDP (saqlash, tashish va realizatsiya) sertifikatiga ega bo‘lmagan, shuningdek, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi Sertifikatlash organidan litsenziya olmasdan saqlanib kelinayotgan. Bundan tashqari, ombordagi 30 turdagi 10 509 quti dori vositalarining yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 263 million 921 ming so‘mni tashkil etadi. Yana 3 turdagi 639 quti dori va 243 dona gel vositasining yaroqlilik muddati qalbakilashtirilgani ma’lum bo‘ldi.

“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DUK xulosasiga ko‘ra, dorixona mansabdor shaxslari tomonidan dori vositalari litsenziyada ko‘rsatilmagan joyda saqlangan, 10 turdagi dori vositalari uchun muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilmagan, 1 turdagi dori vositasi kontrafakt tarzda tayyorlangan, 9 turdagi dori vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan hamda 20 turdagi muddati o‘tgan dorilar belgilangan tartibda yo‘q qilinmagan. Shu sababli ushbu dori vositalarini O‘zbekiston hududida saqlash, sotish, tashish va tibbiyot amaliyotida qo‘llash qat’iyan taqiqlandi.

Mazkur holat yuzasidan dorixona mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 186³-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика