1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida maxsus bog‘chada bolalar kaltaklandi

Nogironligi bo‘lgan bolalar bog‘chasidagi zo‘ravonlik holatlari yuzasidan tekshiruv boshlandi.

Toshkent viloyatida maxsus bog‘chada bolalar kaltaklandi

 

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan maktabgacha taʼlim muassasasida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Milliy ijtimoiy himoya agentligi maʼlumotiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va tarbiyachi tomonidan bolalarga nisbatan qo‘pol muomala hamda jismoniy zo‘ravonlik holatlari aks etgan videoyozuv yuzasidan zudlik bilan tekshiruv boshlangan. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, mazkur holat Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi 30-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida sodir bo‘lgan.

 

Tarqalgan videoda tarbiyachi bolalarni itarib yuborayotgani, urayotgani va ularga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘layotgani aks etgan.

 

Hodisa yuzasidan Milliy ijtimoiy himoya agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi huzurida tezkor ishchi guruh tashkil etildi. Mazkur guruh tomonidan voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlash, bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilishiga sabab bo‘lgan omillarni o‘rganish, shuningdek, masʼul shaxslarning harakatlariga huquqiy baho berish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика