1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatidagi firibgarlik holatlariga chek qo‘yildi

Shovvozlardan biri fuqaroni IIBga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan.

Toshkent viloyatidagi firibgarlik holatlariga chek qo‘yildi

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, firibgarlik bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yildi

 

Xususan, Angren shahrida yashovchi, 1974 y.t. K.S. huquq-tartibot idoralaridagi mansabdor tanishlari orqali fuqaroni Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 5000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Boshqa holatda esa Olmaliq shahrida joylashgan xususiy avtomaktab direktorining o‘rinbosari Ch.X. mahalliy fuqaroga o‘quv kurslariga qatnashmasdan, haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 3000 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

 

Taʼkidlash lozimki, Ch.X. muqaddam Jinoyat Kodeksining 166-moddasi (talonchilik) va 277-moddasi (bezorilik) bilan sudlangan bo‘lsada, o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.

 

Hozirda har ikkala qonunbuzarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика