1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda 365 ta jarimasi bor Spark musodara qilindi

Haydovchining jarima summasi 240 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan.

Toshkentda 365 ta jarimasi bor Spark musodara qilindi

Majburiy ijro byurosining Chilonzor tuman bo‘limi ish yurituvida IIBB YHXBning qarorlariga asosan, qarzdor A.K.ga nisbatan 363 ijro hujjati bo‘yicha 240 mln 872 ming so‘m miqdoridagi jarimalarni undirish belgilangan. Qarzdor katta miqdordagi jarimalar borligini bilsa ham jarimalarni to‘lashdan bosh tortib yurgan.

 

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorning nomida bo‘lgan Spark rusumli avtotransport vositasiga qidiruv eʼlon qilingan.

 

Shundan so‘ng, ijro harakatlari davomida, avtotransport vositasi qarzdor tomonidan Sergeli tumanidagi “Toshkent Indeks” bozoriga sotish uchun olib chiqilganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida xatlangan.

 

Hozirda Spark 363 ta jarimalardan bo‘lgan 240,8 mln so‘mlik qarzdorlikni qoplash uchun auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика