1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda BYD haydovchisiga chora ko‘rildi

U xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi yo‘lda harakatlangan.

Toshkentda BYD haydovchisiga chora ko‘rildi

 

Joriy yilning 29 fevral kuni BYD rusumli avtomashina haydovchisi, o‘zi va o‘zgalarning hayotini xavf ostiga qo‘yib, qarama-qarshi yo‘lda harakatlanganligi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. 

 

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, mazkur video o‘rganilib, ushbu avtomashina haydovchisi, 2001 yilda tug‘ilgan  B. A. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 128-5-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

 

“Haydovchi, unutmang, yo‘l o‘yin maydoni emas. Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi ma’lumotda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика