Qishning ilk nafasi bugun, 18 - dekabr kuni Toshkent ko‘chalarida sezildi. Qishning ilk qori yog‘di.

Qor yog‘ishi bilan Toshkentning markaziy ko‘chalari, xiyobon va bog‘larida o‘ziga xos manzara yuzaga keldi. Daraxt shoxlariga qo‘ngan oppoq qor, ko‘p qavatli binolar fonidagi sokin shahar manzaralari fotoobyektivlar uchun go‘zal lahzalarni taqdim etdi.











