1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda kriptoaktivlar aylanmasi va giyohvandlik savdosi bilan shug'ullangan 3 nafar shaxs qo‘lga olindi

Ular Telegram bot orqali noqonuniy 2 mln 375 ming dollarlik kriptooperatsiyalarni amalga oshirgan.

Toshkentda kriptoaktivlar aylanmasi va giyohvandlik savdosi bilan shug'ullangan 3 nafar shaxs qo‘lga olindi

 

Toshkent shahrida Telegram messenjeri orqali giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanib, kriptoaktivlar orqali yirik moliyaviy aylanmani amalga oshirgan uch nafar shaxs qo‘lga olinib, qamoqqa olindi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBBning axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Telegram platformasida noqonuniy giyohvandlik vositalari, ularning analoglari hamda psixotrop moddalar savdosiga mo‘ljallangan maxsus bot faoliyati fosh etilgan. Mazkur bot orqali kriptoaktivlarni qabul qilish, o‘tkazish va ayirboshlash ishlari ham amalga oshirilgani aniqlangan.

 

Tezkor-qidiruv tadbirlari Yunusobod tumanida olib borilib, natijada 1997-yilda tug‘ilgan A. hamda 2001-yilda tug‘ilgan Sh. va T. ismli shaxslar qo‘lga olingan. Aniqlanishicha, mazkur shaxslar noqonuniy Telegram bot va unga bog‘liq kanallarni bevosita boshqarib kelishgan.

 

Tadbir davomida gumonlanuvchilardan 4 dona mobil telefon, 3 dona noutbuk, 12 dona turli bank plastik kartalari, 11 dona SIM-kartalar hamda qog‘ozlarga o‘ralgan giyohvandlik moddalari daliliy ashyo sifatida xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

 

Shuningdek, gumonlanuvchi A. va Sh.ning mobil qurilmalari ko‘zdan kechirilganda, xorijiy va mahalliy elektron kriptohamyonlar orqali qariyb 95 mingta tranzaksiya amalga oshirilgani aniqlangan. Ushbu operatsiyalar umumiy hisobda 2 million 375 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan kriptoaktivlar aylanmasini tashkil etgan.

 

Bundan tashqari, tezkor tadbirlar davomida gumonlanuvchi A.ning yashash manzili ko‘zdan kechirilganda, xonadondan 550 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari topilgan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi (kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish), 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) hamda 251-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика