Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahridagi maktablarning birida maktab formasi sotib olinishi shartligi bo‘yicha prokuratura xodimlari tilxat yozdirganligi haqidagi xabar tarqaldi.
Holat yuzasidan shahar prokuraturasi rasmiy munosabat bildirib, bu bo‘yicha o‘rganish olib borilayotganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar hokimining tegishli qarori asosida poytaxt maktablarining o‘qituvchilariga maktab formasi olish uchun ma’lum miqdorda mablag‘ ajratilganligi xususidagi xabar keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
Holatga Xalq ta’limi vazirligi munosabat bildirib, O‘zbekistondagi maktab o‘qituvchilari uchun mamlakat miqyosida belgilangan va tasdiqlangan yagona majburiy forma turi mavjud emasligini aytgan.
Vazirlikning 2020 yil 28 maydagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 131-sonli buyrug‘iga asosan, tizim xodimlarning ichki tartib va odob-axloq qoidalari belgilangan. Unga ko‘ra, o‘qituvchilar maktab darajasida belgilangan dress-kod talablariga rioya qilishlari zarur.


