1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda mebel sexi yonib ketdi

Holat bo‘yicha rasmiy maʼlumot berildi.

Toshkentda mebel sexi yonib ketdi

 

Bugun, 27-fevral kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgan.

 

Yong‘inga soat 00:17 da  yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borib, yong‘in soat 01:29 da o‘rab olingan va soat 05:52 da to‘liq bartaraf etilgan.

 

Yong‘inni bartaraf etishga 18 ta asosiy, 2 ta maxsus yong‘in-qutqaruv ekipaji va 5 ta suv tashuvchi yordamchi avtomobillar jalb etilgan.

 

Yong‘in-qutqaruvchilarning saʼy-harakatlari natijasida 5 nafar ishchi yong‘indan qutqarilib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.

 

Yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Voqea joyiga FVV rahbariyati, Toshkent shahar FVB boshlig‘i va o‘rinbosarlari, IIB, Prokuratura, “Hududgaztaʼminot” va SSB, tuman FVB rahbar va xodimlari chiqishgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика