Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro E.A. fuqaro J.X.ga 200 ming so‘mlik kupyuradagi jami 300 dona 60 mln so‘m qalbaki pullarni 20 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Uning “Monza” rusumli avtomashinasidan 4 dona qalbaki kupyura hamda 200 ming so‘mlik milliy valyuta surati tushirilgan 89 dona A4 formatdagi qog‘ozlar, chizg‘ich, qaychi va kanselyariya pichog‘i hamda fuqarolar D.T. va J.z.dan kompyuter va rangli printer ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


