1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda qarzini soxta dollar bilan to'lagan shaxs ushlandi

Gumonlanuvchi tanishidan olgan 4 ming dollarni qalbaki kupyuralar bilan qoplashga uringan.

Toshkentda qarzini soxta dollar bilan to'lagan shaxs ushlandi

 


Toshkent shahrida qarzini soxta AQSH dollarlari bilan to‘lashga uringan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi. 


Ma’lum bo‘lishicha, ilgari sudlangan fuqaro R. T. tanishi M. X. ning ishonchiga kirib, 4 tonna pomidor yetkazib berish va’dasi evaziga undan 4 ming AQSH dollari olgan. Biroq ushbu mablag‘ mahsulot yetkazib berishga sarflanmay, gumonlanuvchining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatilgan.


Pulni qaytarmaslik maqsadida R. T. 100 dollarlik qalbaki kupyuralardan jami 4 ming dollar tayyorlab, qarzni shu yo‘l bilan yopishga uringan. Soxta pullar o‘tkazilayotgan vaqtda holat fosh etilib, gumonlanuvchi ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.


Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining firibgarlik hamda qalbaki pul va qimmatli qog‘ozlarni tayyorlash va muomalaga kiritish bilan bog‘liq moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика