1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Toshkentda “Rayhon” kafesi yonib ketdi

Holat yuzasidan FVV ma’lumot berdi.

Toshkentda “Rayhon” kafesi yonib ketdi

 

Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi “Rayhon” oilaviy restoranida yong‘in sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan FVV axborot xizmati dastlabki ma’lumotlarni taqdim etdi.   

 

Ma’lum qilinishicha, 6-iyun kuni soat 18:37 da “Rayhon” milliy taomlar binosining tom qismida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

 

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 19:03 da to‘liq bartaraf etilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, kecha Samarqand viloyatining Narpay tumanidagi dehqon bozorida yong‘in yuzaga kelgandi. Oqibatda 3 ta oziq-ovqat do‘konlarining taxminan 70 kvadrat/metr maydonida shift, tom qismi va oziq-ovqat mahsulotlari yonib, zararlangan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика