20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida tashkil etilayotgan mazkur musobaqa shpaga, rapira va sablya dasturlarida yakkalik hamda jamoaviy yo‘nalishda tashkil etilmoqda.
Bu galgi bellashuvlarda Rossiya, BAA, Xorvatiya, Ozarbayjon, Belarus, Hindiston, Isroil, Qirg‘iziston, Shveysariya, Ukraina, Turkiya, Polsha, Saudiya Arabistoni, Qozog‘iston davlatlaridan 260 dan ortiq sportchi ishtirok etmoqda.
Reglamentga ko‘ra, bugun rapira bo‘yicha yakkalik bellashuvlarida g‘olib va sovrindorlar aniqlab olinadi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqa Singapur menejmentni rivojlantirish instituti sport majmuasida o‘tkazilmoqda.
Musobaqa taqvimi quyidagicha:
9 dekabr: Rapira bo‘yicha yakkalik;
10 dekabr: Shpaga bo‘yicha yakkalik, rapira bo‘yicha jamoaviy;
11 dekabr: Sablya bo‘yicha yakkalik, shpaga bo‘yicha jamoaviy;
12 dekabr: Sablya bo‘yicha jamoaviy.
Jamshid Amirov


