O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Nikolay Podguzov O‘zbekiston mintaqadagi Bankning asosiy hamkorlaridan biri bo‘lib qolayotganini taʼkidlab, yaqin vaqt ichida bir qator yirik davlatlar aksiyadorlar tarkibiga qo‘shilishini maʼlum qildi.
Uchrashuv davomida umumiy qiymati 3,3 milliard AQSH dollariga teng bo‘lgan bir qator qo‘shma loyihalarni ishga tushirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shu jumladan, joriy yilda 5 ta no-suveren loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, shu yilning oxirigacha Toshkentda (YeOTB)ning mamlakat idorasini ochish rejalashtirilgani maʼlum qilindi.


