1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda yo‘lovchi avtobus yonib ketdi

FVV holat bo‘yicha maʼlumot berdi.

Toshkentda yo‘lovchi avtobus yonib ketdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida avtobus yonayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat bo‘yicha FVV maʼlumot berdi.

 

Holat bugun, 21 may kuni soat 16:40 da Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasi Ashxobod bog‘i oldidagi bekatda yuz bergan. 96-sonli avtobus yo‘nalishida harakatlangan Mercedes-Benz rusumli avtobusda yong‘in chiqqan. 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:45 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 16:50 da o‘chirilgan. 

 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика