Uch yillik tanaffusdan so‘ng Toshkent – Jakarta – Toshkent yo‘nalishidagi reyslar tiklanmoqda. Bu haqda “Uzbekistan airways” xabar bermoqda.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviaqatnovlar 2023 yilning 26 aprelidan boshlab haftada bir marta, chorshanba kunlari amalga oshiriladi. Taʼkidlanishicha, Jakartadan Indoneziyaning Bali oroliga qulay tutashuv reyslari mavjud.
Aviaqatnovlar zamonaviy hamda qulay Dreamliner 787 havo kemasida amalga oshiriladi.


