1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Toshshahartransxizmat” AJning 5 nafar masʼuli ishdan olindi

Ular o‘z xizmat vazifasiga masʼuliyatsizlik bilan yondashgan.

“Toshshahartransxizmat” AJning 5 nafar masʼuli ishdan olindi

 

Avvalroq “7-avtobus saroyi”ga biriktirilgan “Mercedes-Benz” rusumli 33-sonli avtobusda yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Mazkur holat va poytaxtda avtobuslar ishtirokidagi YTH ko‘payishi yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari-bosh muhandis J.Mannopov, Idoralararo tezkor shtab boshlig‘i B.Mamenov, DXX xodimlari boshchiligida tezkor yig‘ilish tashkil etildi.

 

Qayd etilishicha, avtobuslarning texnik holatiga masʼul bo‘lgan, ularning yo‘nalishga chiqish oldi texnik ko‘rigini talab darajasida bajarmay, o‘z xizmat vazifasiga masʼuliyatsizlik bilan yondashgan xodimlarga keskin chora ko‘rilib, 5 nafari ishdan bo‘shatildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика