Donald Tramp AQSh Konstitutsiyasidagi 22-tuzatishdagi huquqiy "bo‘shliq"dan foydalangan holda 2037-yilgacha prezidentlik lavozimida qolishi mumkin.
1951-yilda qabul qilingan ushbu tuzatish bir kishining ikki martadan ortiq prezident bo‘lishini taqiqlaydi. Biroq, unda vitse-prezident prezident lavozimini egallagandan keyin qayta saylana olmasligi haqida aniq cheklov yo‘q.
Nashrning yozishicha, Oq uy ma’muriyati ushbu imkoniyatni o‘rganmoqda va Tramp kelajakda vitse-prezident Jeyms Devid Vens orqali yana hokimiyatga qaytishi mumkin. Agar Vens prezident bo‘lib, keyin iste’foga chiqsa, Tramp uning o‘rnini egallashi mumkin.
Shu bilan birga, AQSh Oliy sudi bu holatga rasmiy huquqiy qarshilik ko‘rsatishi qiyin bo‘lishi mumkinligi ta’kidlangan.


