1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp aprel oyida Si Szinpin taklifiga binoan Xitoyga boradi

Kecha, 24 noyabr kuni Xitoy rahbari Si Szinpin AQSH prezidenti Donald Trampga qo‘ng‘iroq qildi. Ular telefon orqali savdo, Tayvan hamda Ukraina haqida gaplashgan.

Tramp aprel oyida Si Szinpin taklifiga binoan Xitoyga boradi

Tramp Xitoy rahbarining taklifiga binoan aprel oyida Pekinga davlat tashrifini amalga oshirishini maʼlum qildi.

 

Shuningdek, suhbat davomida Xitoy va Yaponiya o‘rtasida Tayvan borasidagi keskinlik kuchaygan davrga to‘g‘ri keldi. Bundan tashqari, dam olish kunlari Tramp yordamchilari Jenevada ukrainalik amaldorlarni Rossiya — Xitoyning yaqin ittifoqchisi — taklif qilayotgan tinchlik shartlarini qabul qilishga undagan edi. Rossiyaning o‘zi esa hali bu shartlarni maʼqullamagan.

 

Tramp oktabr oxirida ham Si bilan Janubiy Koreyada o‘tgan sammitdan keyin Pekinga borishini aytgan edi. O‘sha uchrashuvda AQSH va Xitoy bir yil davom etadigan savdo sulhi bo‘yicha kelishib, Tramp joriy qilgan tariflar va Xitoyning javob sanksiyalari vaqtincha yumshatilgandi.

 

“The New York Times”ning yozishicha, AQSH tomonidan eʼlon qilingan bayonotlarda Tayvan tilga olinmagan. Ammo Xitoy davlat OAVlari Si SzinpinTayvanga nisbatan Xitoyning prinsipial pozitsiyasini aniq bayon qilganini” taʼkidladi.

 

Si Szinpin Tayvanning Xitoyga qaytishi “Ikkinchi jahon urushidan keyingi xalqaro tartibning muhim qismi” ekanini aytgan.

 

Mutaxassislar fikricha, Xitoy Tayvan borasida Yaponiya bilan to‘qnashuv ehtimoli ortib borayotganidan tashvishlanmoqda. Yaponiyaning yangi bosh vaziri Sanae Takaichi 7 noyabr kuni parlamentda: “Agar Xitoy Tayvanni blokadaga olmoqchi yoki bosib olmoqchi bo‘lsa, Yaponiya harbiy kuch bilan javob berishi mumkin”, — deb bayonot qilgan edi.

 

Bu Yaponiya rahbari tomonidan kamdan-kam eshitiladigan darajada keskin gap bo‘lgan edi. Xitoy esa bu fikrga keskin munosabat bvildirgan edi.

 

Shu sababli, tahlilchilarga ko‘ra, Si Trampga qo‘ng‘iroq qilib, Vashingtonni Tokyoni tiyishga undamoqchi bo‘lgan, chunki Tramp Tayvanni himoya qilish bo‘yicha oldingi prezident Bayden kabi qatʼiy bayonot bermagan.

 

Si bilan suhbat tugagach, Tramp aynan Sanae Takaichiga qo‘ng‘iroq qilgani Tokioda ham eʼtibor qozondi.

 

Xitoy Rossiyani iqtisodiy qo‘llab kelgan bo‘lsa-da, haligacha Rossiyaga kuchli qurollar yetkazmagan. Pekin urushning global iqtisodga zarar keltirayotganidan ham xavotirda.

 

Tramp esa urushni “iloji boricha tezroq tugatmoqchi” ekanini aytgan. Xitoy esa bundan foydalanib, Ukraina bo‘yicha yordam evaziga AQSHdan Tayvan va tariflar masalasida yon bosishni kutishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика