1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp AQSh Ta’lim vazirligini tugatmoqchi

Ta’lim siyosati shtatlarga topshirilishi mumkin.

Tramp AQSh Ta’lim vazirligini tugatmoqchi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati mamlakat Ta’lim vazirligini tugatish uchun Oliy suddan ruxsat so‘rab ariza taqdim etdi.

 

Ushbu tashabbus amalga oshsa, AQShdagi ta’lim siyosati bo‘yicha asosiy vakolatlar shtatlar va mahalliy boshqaruvlarga o‘tishi mumkin. Hozirda Ta’lim departamenti 100 mingdan ortiq davlat va 34 mingga yaqin xususiy maktablarning faoliyatini nazorat qiladi.

 

Shunga qaramay, ushbu maktablarning moliyaviy ta’minoti asosan mahalliy va shtat darajasida hal etiladi — davlat maktablari uchun ajratiladigan mablag‘larning 85 foizidan ortig‘i federal hukumatdan emas, balki joylardagi hokimiyatlardan keladi.

 

Trampning bu tashabbusi uning federal hukumat hajmini qisqartirish va uni qayta tashkil etish bo‘yicha olib borayotgan keng qamrovli siyosatining bir qismi sifatida qaralmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика