1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp o‘zini NATOning qutqaruvchisi deb e'lon qildi

AQSh prezidenti alyans bugungi holatga aynan uning siyosati tufayli yetib kelganini ta’kidladi.

Tramp o‘zini NATOning qutqaruvchisi deb e'lon qildi

 

AQSh prezidenti NATOni saqlab qolgan va mustahkamlagan shaxs aynan o‘zi ekanini bildirdi. U bu haqdagi fikrini ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasida e’lon qildi. Bu haqda Publika.az nashri xabar bermoqda.

 

“Men NATOni qutqargan odamman!” — deb yozdi Tramp, bayonotiga undov belgilarini ham qo‘shib. Uning so‘zlariga ko‘ra, alyans a’zolari mudofaa xarajatlarini oshirishga aynan uning bosimi sabab majbur bo‘lgan.

 

Tramp avvalroq ham bir necha bor agar u AQSh prezidenti bo‘lmaganida, NATO bugungi kunda mavjud bo‘lmasligi mumkinligini aytib kelgan. U alyans ichida mas’uliyat teng taqsimlanmaganini tanqid qilib, Yevropa davlatlarini ko‘proq mablag‘ ajratishga chaqirgan.

 

Mazkur bayonot Trampning NATO va AQShning xalqaro majburiyatlariga nisbatan qat’iy pozitsiyasi yana kun tartibiga qaytayotganini ko‘rsatmoqda. Bu fikrlar alyans ichida turlicha baholanib, xalqaro siyosiy muhokamalarga sabab bo‘lishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика