1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp tomonidan lavozimga tayinlanganlarga tahdid qilinmoqda

FQB "bomba va minalashtirish tahdidlari" bilan bog‘liq ko‘plab yolg‘on xabarlar mavjudligidan xabardor ekanini tasdiqladi.

Tramp tomonidan lavozimga tayinlanganlarga tahdid qilinmoqda

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp tomonidan Oq uyning bo‘lajak maʼmuriyati aʼzolari sifatida ko‘rsatilgan bir necha kishi Federal Qidiruv Byurosiga portlovchi qurilmalar bilan bog‘liq tahdidlar olgani haqida xabar bergan.

 

Tahdidlar haqida birinchi bo‘lib Trampning inauguratsiyasidan so‘ng AQSHning BMTdagi doimiy vakili etib tayinlanishi kerak bo‘lgan Eliz Stefanik xabar berdi.

 

Trampning o‘tish guruhi matbuot kotibi Kerolin Levittning aytishicha, huquq-tartibot idoralari tahdidlarga uchragan bir necha kishining xavfsizligini taʼminlash uchun tezda chora ko‘rgan.

 

"Prezident Tramp bizga bu borada misol bo‘ladi, biz tahdidlar bilan to‘xtab qolishimizga yo‘l qo‘ymaymiz", — deya taʼkidladi Levitt saylov kampaniyasi paytida Trampga amalga oshirilgan suiqasdga urinishlariga ishora qilib.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика