1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp Ukrainadagi vaziyat Yevropa uchun eng katta muammo ekanini ta'kidladi

Politico nashriga bergan intervyusida u Yevropa siyosatini tanqid qildi va Kievni muzokaralarga bo‘lishga chaqirdi.

Tramp Ukrainadagi vaziyat Yevropa uchun eng katta muammo ekanini ta'kidladi

Politico nashrida chop etilgan intervyuda AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi mojaro hozirgi paytda Yevropa uchun eng dolzarb muammo ekanini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa mojaroni bartaraf etishda yetarlicha samarali pozitsiya namoyon qila olmayapti.

 

Trampning ta’kidlashicha, Rossiya muzokaralar jarayonida Ukrainaga nisbatan kuchliroq holatda turibdi. Shu bilan birga, u yaqinda taklif etilgan tinchlik tashabbusi Zelenskiy ma’muriyatidagi ayrim yuqori lavozimli amaldorlar tomonidan ma’qullanganini aytdi.

 

U, shuningdek, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni muzokaralarga nisbatan ochiq bo‘lishga chaqirdi va Kiev frontda qiyin ahvolda ekanini ta’kidladi. Trampning fikricha, Ukrainada prezidentlik saylovlarini o‘tkazish vaqti ham yetib kelgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика