1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Trampning himoyachilari uning sud jarayonini 2026-yilga qoldirishni so'ramoqda

Sud uning 2024-yilgi prezidentlik saylov kampaniyasiga ta'sir qiladi.

Trampning himoyachilari uning sud jarayonini 2026-yilga qoldirishni so'ramoqda

 

AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning himoyachisi suddan Kapitoliyga bostirib kirish bo'yicha sud jarayonini 2026-yilda boshlashni so'ramoqda.

 

Avvalroq Tramp 2024-yilgi saylov kampaniyasi tugaguniga qadar sud qilinmasligi kerakligini aytgandi. Kapitoliyga bostirib kirish ishida prokuror suddan jarayonning tezlashtirilgan tartibini so'rashini aytdi.

 

Bu holatda Trampga “AQShni aldash maqsadida fitna uyushtirish”, “rasmiy tartib-qoidalarga aralashish maqsadida fitna uyushtirish” ayblovlari qo‘yilgan.

 

Aytilishicha, Tramp o‘zining nomlari oshkor qilinmagan olti nafar sherigi yordamida ushbu harakatlarni sodir etgan.

 

2021-yil 6-yanvarda Tramp tarafdorlari Kongressni bir necha soat davomida to‘sib qo‘yib, Kapitoliyga hujum qilishdi. Namoyishchilar binodan chiqarib yuborilgach, kongressmenlar prezidentlik saylovlarida Jo Baydenning g‘alabasini ma’qulladilar. Keyinchalik Qo'shma Shtatlarda yuzlab odamlar hujumda ishtirok etganlikda ayblanib, huquq-tartibot organlari tomonidan hibsga olindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика