1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Trampning qamoqda olingan surati tushirilgan mahsulotlar sotuvga chiqdi

Savdo uning o‘g‘li tomonidan boshqarilmoqda.

Trampning qamoqda olingan surati tushirilgan mahsulotlar sotuvga chiqdi

 

Donald Trampning o‘g‘li otasining qamoqxonada olingay surati tushirilgan mahsulotlarni sotishni boshladi

 

"Aniq aytish kerakki, mening onlayn-do‘konimda ushbu mahsulotni sotishdan tushgan barcha daromadlar biz ko‘rib turgan zulmga qarshi kurashish uchun huquqiy himoya fondiga yo‘naltiriladi. Ko‘pchilikdan farqli o‘laroq, men bundan naqd pul olishga harakat qilmayman, men yordam berish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman", — deb yozgan Donald Tramp X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq tvitter).

 

Saytda taqdim etilgan assortimentga sobiq prezidentning qamoqxonada fotosurati tushirilgan futbolkalar, krujkalar va plakatlar kiradi.

 

Avvalroq Tramp Jorjiya shtatidagi qamoqxonaga kelgan edi, u yerda unga nisbatan 2020-yilgi prezidentlik saylovi natijalarini shtatda o‘z foydasiga qayta ko‘rsatish uchun “reket” usullarini qo‘llashga uringani uchun to‘rtinchi jinoiy ish ko‘rib chiqilmoqda. Sobiq prezident hibsga olinganda suratga olingan.

 

Tramp taxminan yarim soatni hibsda o‘tkazdi va oldindan kelishilgan 200 ming dollar garov evaziga qo‘yib yuborildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика