1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Turkiya – O‘zbekiston: qardoshlik rishtalariga asoslangan abadiy do‘stlik va hamkorlik

Bugun Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an O‘zbekistonga keladi.

Turkiya – O‘zbekiston: qardoshlik rishtalariga asoslangan abadiy do‘stlik va hamkorlik

 

Rejep Tayyip Erdog‘an, Turkiya Respublikasi Prezidenti:

— Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida biz “qardoshlik rishtalariga asoslangan strategik sheriklik” deb taʼriflagan aloqalarimiz o‘zaro ishonch muhitida har sohada tobora chuqur ildiz otib rivojlanmoqda. Ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 30 yilligini 2022 yil 4 mart kuni nishonladik.

Uzoq davom etgan sog‘inch va ayriliqdan keyin o‘z davlatiga va bayrog‘iga ega bo‘lgan O‘zbekiston mustaqilligini tan olgan ilk davlat bo‘lganimizdan faxrlanamiz. Toshkent shahrida birinchi elchixona Turkiya tomonidan ochilganida Sovet Ittifoqi davrida Tashqi ishlar vazirligi joylashgan binoning Turkiya elchixonasiga berilganligini O‘zbekistonning ham Turkiyaga alohida mehrining bir nishonasi deb bilamiz.

Tarixiy Ipak yo‘lining bardavom bo‘lishiga g‘amxo‘rlik qilib, xalqaro savdo va madaniy hamkorlikning rav- naq topishiga ulkan hissa qo‘shgan Ota yurtimiz O‘zbekiston davlati  ko‘hna Turkiston zaminida barpo bo‘lib, jahon tamaddunining shakllanishini belgilab bergan boy siyosiy, iqtisodiy va madaniy tajribaga egadir.

Nafaqat turk-islom sivilizatsiyasi, balki butun insoniyatning mushtarak madaniy xazinasiga ham beqiyos da- rajada hissa qo‘shgan Imom Buxoriy, Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi, Alisher Navoiy kabi buyuk mutafakkir va allomalar qoldirgan asarlar bizni bir-birimizga yaqinlashtiradigan umumiy merosiy boyligimizdir.

O‘zbekiston chuqur tarixiy o‘tmishi va davlatchilik anʼanalari, Marka- ziy Osiyo aholisining qariyb yarmini tashkil etuvchi 34 milliondan ortiq yosh va dinamik aholisi, Osiyo qitʼasining yuragida joylashganligi, boy tabiiy resurslari va barakotli zamini bilan o‘z mintaqasida va undan tashqarida yetakchi bo‘lishga qodir davlatdir.

O‘zbekistonda “Yangi O‘zbekiston” va “Uchinchi Renessans” konsepsiyalarida o‘z ifodasini topgan, aziz birodarim Prezident Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining oqilona yo‘lboshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar siyosati nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda hayrat bilan kuzatib borilmoqda.

Biz O‘zbekistonning Afg‘onistondagi insoniy fojialar asoratlarini kamaytirishda o‘z zimmasiga olgan yetakchilik rolini yuqori baholaymiz. Biz Termiz shahrining Afg‘onistonga insonparvarlik yordamlarini yetkazishda barcha xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT uchun logistika markaziga aylanganini qo‘llab-quvvatlay- miz. O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda va undan tashqarida yaratmoqchi bo‘lgan farovonlik va barqarorlik kamari doirasida ilgari surgan o‘zaro bog‘- liqlik konsepsiyasiga biz ham katta baho berganimizni alohida taʼkidlashni istayman.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining 2017 yilda Turkiyaga qilgan tashriflari bilan strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan mu- nosabatlarimiz 2020 yilda o‘tkazil- gan Oliy darajadagi Strategik Ham- korlik Kengashi yig‘ilishi bilan yana bir pog‘onaga ko‘tarildi.

O‘zbekistonga 2022 yil 29-30 mart kunlari amalga oshiradigan davlat tashrifimiz doirasida Oliy daraja- dagi Strategik Hamkorlik Kengashining ikkinchi yig‘ilishini o‘tkazib, ikki qar- dosh davlat o‘rtasidagi aloqalarning yana-da yuqori bosqichga ko‘tarilishiga muhim hissa qo‘shishimizga ishonaman.

Muzokaralarimiz doirasida ikki to- monlama hamkorligimizni energeti- kadan qishloq xo‘jaligigacha, sanoatdan madaniyatgacha, yoshlar masalalaridan atrof-muhit masalalarigacha bo‘l- gan ko‘plab sohada siyosiy, iqtisodiy, harbiy va ijtimoiy jihatlarini mu- hokama qilamiz, imzolaydigan ikki tomonlama shartnomalar bilan esa aloqalarimizning huquqiy zaminini yana-da mustahkamlab olamiz.

Fuqarolarimizni hozirgi qayta yuk- salish davrida O‘zbekistonni kelib ko‘rishga, bu davlatga sarmoya kiritishga va bu davlat bilan munosabatlarimiz- ning har sohada rivojlantirilishiga o‘z hissalarini qo‘shishga chaqirmoqda- miz. Tadbirkorlarimiz tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar bizni faxrlantirishi bi- lan birga o‘zaro savdo aylanmasini harakatlantiruvchi kuch hamdir.

Darhaqiqat, 2017 yildan buyon siyosiy sohada jadallik bilan tash- langan qadamlar qisqa vaqt ichida savdo va sarmoya sohasida ham o‘z ifo- dasini topdi. Biz o‘zaro savdo hajmini 5 milliard dollarlik marraga yetka- zish sari qatʼiy odimlarimizni tash- lamoqdamiz. Butun jahonni o‘z domiga olgan pandemiyaning salbiy oqibatla- ri eng kuchli sezilgan 2020 yilni mus- bat ko‘rsatkichlar bilan yakunlagan ikki davlatning savdo hajmi 2021 yilda 3,6 milliard dollardan oshib ketdi.

Qolaversa, import va eksport ko‘r- satkichlarining bir-biriga juda yaqin bo‘lishi ham savdo aloqalarimizning bir-birini to‘ldiruvchi va qo‘llab- quvvatlovchi mohiyatda ekanligini ko‘rsatadi. 2022 yilda ham ikki to- monlama savdo aylanmasida rekord natijalarga erishishimizga to‘liq ishonaman.

Turkiya “Osiyo asri”da bu qadi- miy qitʼa bilan aloqalarini “Yana Osiyo” shiori ostida keng qamrovda olib borayotgan hozirgi davrda biz qardosh O‘zbekiston bilan munosa- batlarni har sohada chuqurlashti- rish siyosatini ko‘proq o‘rtamizdagi azaliy rishtalar va umumiy tarix yelkalarimizga yuklagan masʼuliyat, deb bilamiz.

Qardosh O‘zbekiston bilan kelajagimizni birgalikda qurish yo‘lidagi saʼy-harakatlarimiz butun insoniyatga farovonlik keltirishi- ga ishonamiz. O‘zaro hurmat va ishonch asosida chuqurlashib borayotgan ham- korligimiz bundan keyin ham shunday jadal surʼatlar bilan rivojlanib borishini tilagan holda, xalqim nomidan o‘zbek birodarlarimizga eng samimiy salom va ehtiromlarimni izhor etaman.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика