1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Turkiyada 600 dan ortiq odam zilzila natijasida qulagan bino sabab tergov ostida

Nurdagi shahri meri ham hibsga olingan.

Turkiyada 600 dan ortiq odam zilzila natijasida qulagan bino sabab tergov ostida

 

Turkiya kuchli zilziladan keyin turli shaharlarda qulagan binolar bilan u yoki bu tarzda aloqador bo‘lgan 600 dan ortiq odamni tergov qilmoqda.

 

Ularning 182 nafari sudgacha hibsga olingan. Bular qurilish pudratchilari, binolarning egalari yoki menejerlari hisoblanadi.

 

Shuningdek, Gaziantep viloyatining Nurdagi shahri hokimi Okkesh Kavak ham xavfsizlik kuchlari tomonidan hibsga olingan. U bilan birga uylarning qurilishida ishtirok etgan shirkat egasi ham ushlangan.

 

Adliya vaziri Bekir Bo‘zdag‘ning so‘zlariga ko‘ra, hozirda tekshiruvlar davom etmoqda va ayrim hollarda bino qulagan joylarda yangi dalillarning topilishi jinoiy tergov uchun asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

 

Mutaxassislarning fikricha, zilziladan so‘ng qulagan ko‘plab bino va inshootlarda sifatsiz qurilish materiallaridan foydalanilgan va davlat standartlariga javob bermagan holda qurilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика