1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o'zbeklar Vatanga qaytarildi

Istanbuldagi Bosh konsulxona fuqarolarga zarur yordamni ko‘rsatgan.

Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o'zbeklar Vatanga qaytarildi

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi vakolatxonasi tomonidan og‘ir ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz hamda uning 12 yoshli qizi Vatanga qaytarildi. Turkiyada mehnat maqsadida bo‘lgan ayol og‘ir xastalik sababli ishlay olmay qolganidan so‘ng diplomatik vakolatxonaga murojaat qilgan.

 

Ma’lum bo‘lishicha, hamyurtimizning oyog‘i singan bo‘lib, jarrohlik amaliyoti va protez o‘rnatish jarayonlari shifokorlar nazoratida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Uzoq vaqt davolanish va ishga layoqatsizlik tufayli oilaning moliyaviy ahvoli og‘irlashgani inobatga olinib, zarur moddiy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, qizining ham maxsus parvarishga muhtojligi aniqlangan.

 

Bosh konsulxona tashabbusi bilan “O‘zbekiston madaniyati, birdamlik va hamkorlik jamiyati”, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Turkiyadagi vakilligi hamda diaspora tashkilotlari ko‘magida ona va qiz uyga yetkazildi. Ayni paytda ularning davolanish va reabilitatsiya jarayonlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlikda davom ettirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика