1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Turkiyada zilziladan qutqarilgan chaqaloq ikki yarim oydan so‘ng onasi bilan uchrashdi

Chaqaloq va onaning bir-biriga qarindoshligi DNK testi bilan isbotlangan.

Turkiyada zilziladan qutqarilgan chaqaloq ikki yarim oydan so‘ng onasi bilan uchrashdi

 

Turkiya janubida sodir bo‘lgan dahshatli zilzila paytida vayronalar ostidan qutqarib olingan uch yarim oylik chaqaloq 54 kundan so‘ng onasi bilan qayta topishdi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.

 

Vetin Begdash (shifokorlar Gizem degan ism bergan) 6 fevral kuni Hatay viloyatida sodir bo‘lgan zilziladan 128 soat o‘tib tirik holda topilgandi.

 

Shundan so‘ng u zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan va uning sog‘lom ekani tasdiqlangach, Anqara kasalxonasiga o‘tkazilgan.

 

Oila va Ijtimoiy Xizmatlar Vaziri Derya Yanik chaqaloqni onasi Yasemin Begdash davolanayotgan Adana viloyatiga olib bordi va ona-bolani uchrashdi.

 

Chaqaloq va onaning bir-biriga qarindoshligi DNK testi bilan isbotlangan.

 

Zilzila oqibatida vafot etgan 50 mingdan ortiq odamlar orasida chaqaloqning boshqa yaqinlari ham bo‘lgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика