11 yoshli qiz 46 yoshli o‘gay otasidan farzandli bo‘ldi. Aytishlaricha, u o‘g‘il farzandini bir oy avval dunyoga keltirgan. Bu haqda hech kimga maʼlum qilmagan.
Ayni damda chaqaloq juda nimjon. Bir oydan buyon jonlantirish bo‘limida. Sof og‘irligi 2,5 kilogramm, bo‘yi 49 santimetr. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, chaqaloq kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ilgan. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan. Biroq bolaning holatidan kelib chiqib jonlantirish bo‘limida qolish tavsiyasi berilgan.
11 yoshli qiz Bayankaga koronavirus tashxisi qo‘yilgan. Shu sababli yuqumli kasalliklar bo‘limiga o‘tkazilgan.
Bayanka bilan jinsiy aloqada bo‘lgan o‘gay ota ayni damda uy qamog‘ida. Qiz va uning onasi chaqaloqqa o‘gay otaning ismini qo'ydi. Bayanka farzandini onasi bilan birga tarbiyalamoqchi ekanini aytgan.
"Bu men uchun juda og‘ir. Ammo men uni o‘zim tarbiyalamoqchiman. Uning uxlayotganini tomosha qilishni xohlayman. U uchun hamma narsani muhayyo qilishni xohlayman, lekin bir o‘zim qila olmayman", — deydi.
Byanka o‘zi o‘qigan maktabga qaytmoqchi emas. Kichkina Aleksandrni bir hafta ichida uyga ketishga ruxsat berish mumkinligi aytilmoqda. Ammo 11 yoshli onaga chaqaloqni olib ketishga ruxsat beriladimi yoki yo‘qmi buni Bolalar xizmati hal qiladi.
"Mening tajribamda bu yoshda ona bo‘lish holati kuzatilmagan. 12, 14 yoshda farzandli bo‘lganlani eshitganman. Lekin Bayanka hali 11 ham to‘liq to‘lmagan. Bu, aslida, noyob holat", — deydi akusher Vladimir Sagarda.
Dastlab, Byankaning onasi Rita, qizi 14 yoshli bola bilan uchrashib yurgani va bola uning farzandi ekanligini aytgan. Ammo keyinroq Rita chaqaloq uning o‘z eridan ekanligini eshitib, u bilan munosabatlarni uzgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Munojat Valiyeva


