Ukraina 24 fevraldan buyon xorijiy hamkorlardan 18 milliard dollar pul oldi. Mamlakat moliya vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, bu summa Kiyevga berilgan harbiy yordamdan tashqari pullar hisoblanadi.
“Ammo byudjetning oylik 5 milliard dollarlik tanqisligi oxirigacha qoplanmadi”, – deyiladi vazirlik press-relizida.
Ukrainaning eng muhim moliyaviy donorlari sifatida AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Fransiya va Italiya qayd etilgan.
Mamlakat bosh vaziri Denis Shmigal o‘z navbatida hukumat 203 yilda oylik byudjet tanqisligini 3 milliard dollargacha kamaytirilishini aytgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, Kiyev sentyabrda YEIdan 5 milliard dollar kredit, oktyabrda 3 milliard dollar grant oladi. Bosh vazir hozirgi moliyaviy yordam bilan byudjet xarajatlarining 40 foizi qoplanayotganini taʼkidlagan.
Avvalroq Ukraina harbiy mojaro oqibatida qancha zarar ko‘rgani ochiqlangandi.


