1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Urush natijasida Ukraina 100 yilga ortda qoldi

“Ukraina o‘zini yo‘q qilib bormoqda”, — dedi AQSH vakili.

Urush natijasida Ukraina 100 yilga ortda qoldi

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Rossiya bilan urush tufayli Ukraina bir asrga ortga qaytganini taʼkidladi. Bu haqida u 30 yanvar kuni jurnalist Megan Kelli bilan suhbatda aytib o‘tdi.

 

“Ukraina 100 yil ortga qaytdi, uning energiya tizimi vayron bo‘ldi. Bularning barchasini tiklash uchun kimdir to‘lov qilishi kerak. Yana qancha ukrainalik o‘z yurtidan chiqib ketdi va hozir boshqa mamlakatlarda yashamoqda? Ular hech qachon qaytmasligi mumkin. Bu esa Ukrainani og‘ir kelajak kutayotganini anglatadi”, — dedi Rubio.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, avvalgi AQSH maʼmuriyati Ukrainani Rossiyani mag‘lub etish va hattoki yo‘q qilish mumkinligiga ishontirdi, biroq urush davom etishi mamlakatni tobora ko‘proq vayronaga aylantirmoqda.

 

“Biz hech qanday yechimga olib bormaydigan, uzoq davom etadigan mojaroni moliyalashtirmoqdamiz. Ukraina o‘zini yo‘q qilib, tobora ko‘proq hududlarini yo‘qotmoqda”, — dedi AQSH rasmiy vakili.

 

Rubio Ukrainaga qaror qabul qilish qiyin bo‘lishini tan olib, Zelenskiy reallikni qabul qilishi kerakligini taʼkidladi. U urushni to‘xtatish va muzokaralar yo‘li bilan tomonlarning kelishuvga borishi muhimligini qayd etdi.

 

Komila Odilova tayyorladi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика