
Taʼkidlanishicha, COVID-19‘ning ilk holatlari aniqlanishidan 18 oy avval olimlar yangi virus yaratish rejasini maʼlum qilgan. Ular virusni yangi oqsil orqali modifikatsiya qilishga harakat qilgan. Ammo oxir-oqibat aynan shu oqsil virusning o‘ta yuqumli bo‘lishiga olib kelgan.
Modifikatsiyadan keyin olimlar virusni Xubey provinsiyasidagi ko‘rshapalaklarga yuqtirishni rejalashtirgan. Bu ularni insonga yuqishi mumkin bo‘lgan kasalliklarga qarshi emlanishi uchun zarur bo‘lgan. Ushbu tadqiqotlarga AQSHning mudofaa sohasidagi istiqbolli tadqiqot loyihalari agentligidan 14 million dollar mablag‘ so‘ralgan. Lekin agentlik tadqiqotni o‘ta xavfli deb hisoblab, grant ajratishdan bosh tortgan.
Maqola mualliflarining taxmin qilishicha, Uxan laboratoriyasida boshqa viruslar ustidan ham tadqiqot o‘tkazish maqsad qilingan. Ulardan biri Yaqin Sharq respiratorli sindromi bo‘lib, undagi o‘lim holati 30 foizdan oshadi.
Bundan avval AQSH razvedkasi koronavirus Uxan laboratoriyasidan tarqab ketganini maʼlum qilgan. Bu taxminlar JSST tomonidan ham ilgari surildi.
Shu bilan birga AQSH maxsus xizmatlari hisobotida olimlar virusni biologik qurol maqsadida yaratmagani qayd etilgan.
Jahongir Qo‘ziyev


