Yoshlar ijodiyot saroyida 26-28-may kunlari O‘zbekistondagi ilk ixtisoslashtirilgan zargarlik buyumlari ko‘rgazmasi "Uzbek Jewellery Fair — 2023" bo‘lib o‘tadi.
Ko’rgazma yo’nalishlari:
oltin, kumush, olmos, qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari, marvariddan yasalgan zargarlik buyumlari;
yuqori moda zargarlik buyumlari, qo’l soatlari;
zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash uchun asbob-uskunalar va asboblar.
Ko‘rgazma doirasida Charming East tanlovi o‘tkaziladi. G‘oliblar esdalik sovg‘alariga ega bo‘lishadi.
Ko‘rgazmaga kirish mutlaqo bepul.


