1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Venesuela AQSh hujumlari sabab BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishini talab qildi

Karakas AQShni xalqaro huquqni buzishda ayblab, vaziyatni BMT darajasida ko‘rib chiqishga chaqirmoqda.

Venesuela AQSh hujumlari sabab BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishini talab qildi

 


Venesuela AQSh tomonidan amalga oshirilgan hujumlar ortidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishini chaqirishni so‘radi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Ivan Gil ma’lum qildi. Uning aytishicha, Karakas Vashingtonning harakatlarini “jinoyatkorona tajovuz” sifatida baholamoqda. Bu haqda A news xabar bermoqda.


Vazir Gil Telegram orqali bergan bayonotida BMT Xavfsizlik Kengashi xalqaro huquqni himoya qilish uchun mas’ul asosiy organ ekanini ta’kidladi. “Hech qanday qo‘rqoqona hujum xalqimiz irodasini sindira olmaydi. Venesuela xalqi bu sinovdan ham g‘olib bo‘lib chiqadi”, — dedi u. Rasmiylarga ko‘ra, AQSh hujumlari bir necha hududlarda fuqarolik va harbiy obyektlarga zarar yetkazgan, mamlakatda favqulodda holat e’lon qilingan.


AQSh prezidenti Donald Tramp esa Truth Social platformasida Venesuelaga qarshi “keng ko‘lamli zarbalar” berilganini tasdiqladi. U, shuningdek, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi qo‘lga olinib, mamlakatdan olib chiqib ketilganini da’vo qildi. Mazkur bayonot xalqaro maydonda keskin munosabatlarga sabab bo‘lib, vaziyatning yanada keskinlashishidan xavotirlar kuchaymoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика