“Bu jang Usikning sport karerasidagi eng qiyin uchrashuv bo‘ladi. Aleksandr hech qachon Joshua darajasidagi bokschi bilan to‘qnash kelmagan. Ammo hammasini jang hal qiladi. Joshua Aleksandr Usikdan bo‘y va vazn borasida ustunlikka ega. Taxminimcha, Joshua Usikdan qo‘llarining uzunligi va kuchli o‘ng qo‘l zarbasiga ega ekanligidan foydalanib, qarshi hujumda ko‘proq harakat qiladi.”
Eslatib o‘tamiz, WBA, WBO, IBF va IBO chempionlik unvonlari sohibi Entoni Joshua va Aleksandr Usik o‘rtasidagi jang 25-sentabr kuni Londonning “Tottenxem” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq, Entoni Joshua Aleksandr Usikning uslubiga moslashib olgani haqida xabar berilgan.
Jamshidbek Amirov


