Rossiya Prezidenti Vladimir Putin joriy yilning sentyabr oyida O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Putin tashrif davomida 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etadi.
Shuningdek, Rossiya yetkachisi 14 oktabrda Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tadigan MDH davlatlari rahbarlari kengashining yig‘ilishida qatnashadi.
SHHT sammitida tashkilotga a’zo ko‘plab davlatlar bilan umumiy chegaraga ega Afg‘onistondagi vaziyat har tomonlama muhokama qilinishi kutilmoqda.


