1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

World Boxing reytingida O‘zbekiston bokschilari birinchi o‘rinni egalladi

Qozog‘iston esa reytingda ikkinchi pog‘onada turibdi.

World Boxing reytingida O‘zbekiston bokschilari birinchi o‘rinni egalladi

World Boxing xalqaro tashkiloti so‘nggi yangilangan rasmiy reytingini e’lon qildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi umumiy natijalar bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Qozog‘iston esa reytingda ikkinchi pog‘onada turibdi.

 

O‘zbekiston bokschilaridan olti nafari o‘z vazn toifalarida yetakchi sifatida qayd etilgan: Abdumalik Halokov (60 kg), Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (65 kg), Fazliddin Erkinboyev (75 kg), Jahongir Ummataliyev (80 kg), Akmaljon Isroilov (85 kg) va To‘rabek Habibullayev (90 kg).

 

Qozog‘istonlik bokschilar esa Sanjar Toshkenbay (50 kg), Mahmud Sobirxan (55 kg), To‘raxan Sobirxan (70 kg) va Aybek Oralbay (+90 kg) kabi vazn toifalarida yetakchilik qilmoqda. Shu bilan, O‘zbekiston terma jamoasi 10 vazn toifasining 6 tasida yetakchi, Qozog‘iston esa qolgan 4 toifada peshqadam bo‘lgan.

 

Tashkilot rasmiy Instagram sahifasida natijalar haqida shunday ma’lumot bergan: “O‘zbekiston bokschilari reytingning asosiy qismida peshqadamlik qilmoqda”.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика