1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoy raketa ishlab chiqarish maydonini sezilarli kengaytirmoqda

Sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga ko‘ra, 136 ta harbiy obyektning ko‘pi kattalashgan.

Xitoy raketa ishlab chiqarish maydonini sezilarli kengaytirmoqda

CNN xabariga ko‘ra, Xitoy raketa ishlab chiqarish va raketa qo‘shinlariga aloqador obyektlarni sezilarli darajada kengaytirmoqda. Jurnalistlar 2020 yildan boshlab olingan sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, xaritalar va hukumat axborotlarini tahlil qilib, bu sohadagi faoliyatning oshganini aniqlagan.

 

Sun’iy yo‘ldosh tasvirlaridan ma’lum bo‘lishicha, Xitoy Qurolli kuchlarining yadroviy arzenalini nazorat qiluvchi raketa ishlab chiqarish yoki raketa qo‘shinlariga tegishli 136 ta obyektning 60 foizidan ortig‘ida kengayish alomatlari kuzatilgan.

 

Maqolaga ko‘ra, Xitoydagi harbiy zavodlar, ilmiy-tadqiqot va sinov markazlarini o‘z ichiga olgan bu obyektlar maydoni 2020 yil boshidan 2025 yil oxirigacha bo‘lgan davrda minglab kvadrat metrlarga oshgan. Bu esa mamlakatning raketa qurollanishi va strategik salohiyatini yanada kuchaytirayotganini ko‘rsatadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика