Xunchan Tokio olimpiadasida suvdan sakrash bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shundan keyin bergan intervyusida uning oila aʼzolari o‘ta qashshoqlikda yashashini, shuning uchun u 4 yil oldin avtohalokatga uchragan onasi va oilasini taʼminlash maqsadida katta pul topishi zarurligini aytgan.
Intervyudan so‘ng mahalliy klinika Xunchanning onasi va bemor bobosi uchun to‘liq bepul tibbiy xizmat taklif qildi. Bundan tashqari unga bepul uy, pul mukofoti, ko‘ngilochar markaz, hayvonot bog‘i va kurortlarga butun umrlik bepul chipta, istalgan shirinlikni cheksiz miqdorda sovg‘a qilishga harakat qilishdi.
Chempion qizning oilasiga taklif qilingan yordam miqdori jami 41 million dollardan ortib ketgan. Ammo Xunchanning otasi bu takliflarning barchasini rad etib, “Men barcha yordam taklif qilgan tashkilotlardan minnatdorman. Lekin ulardan bir yuan ham olmayman”, dedi.
Xunchan chempion bo‘lganidan keyin uning yashayotgan uyini ko‘rishni istovchilar ko‘payib ketdi. Ammo mahalliy maʼmuriyat koronavirus infeksiyasi ko‘payishini iddao qilib, uy atrofiga odam to‘planishini taʼqiqlab qo‘ydi.
Jahongir Qo'ziyev


