1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xivada o‘z qiziga uyatsiz xatti-harakat qilgan erkak sudlandi

Shuningdek, qizning amakasi unga o‘ldirish bilan tahdid qilgan.

Xivada o‘z qiziga uyatsiz xatti-harakat qilgan erkak sudlandi

 

Xorazm viloyatining Xiva tumanida himoya orderi talablarini bajarmagan ota va amakiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

 

Xiva tumanida yashovchi voyaga yetmagan N.Q.ga IIB tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar uchun beriladigan himoya orderi berilgan. Shunga qaramay, ichkilikni kasb qilgan otasi va amakisi unga ruhiy zo‘ravonlik o‘tkazishda davom etgan.

 

Jabrlanuvchi sudga murojaat qilib, otasi unga nisbatan uyatsiz xatti-harakatlar qilishni, haqoratlashni davom ettirayotganini va amakisi janjal ko‘tarib, o‘ldirishini aytib tahdid qilganligini ma’lum qilgan. 

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva tuman sudida tomonlar va guvohlarning ko‘rsatmasi eshitilib, qaror qabul qilingan. Unga ko‘ra, Sh. Qodirov va J.Qodirovga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Shuningdek, ma’muriy qamoqning har bir kuni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi qiymatida qamoq xarajatlari undirilishi belgilangan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика