Xorazm viloyatida odamlarni tez boyitish va’dasi bilan chuv tushirgan shaxs qo‘lga olindi. U ijtimoiy tarmoqlar orqali mingdan ortiq odamni aldagan. Jabrlanganlardan biri 20 million so‘mini yo‘qotganini aytmoqda.
Soxta treyderning yashash manzilidan 96 ta telefon, 1171 ta bank kartasi va 343 ta SIM-karta topilgan. U Telegram orqali odamlarni treydingga jalb qilib, qisqa vaqt ichida pulni ko‘paytirib berishini va’da qilgan, ammo keyin ularni bloklagan.
Hozirda huquq-tartibot idoralari tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Jabrlanganlar soni oshishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.


