1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Xotin-qizlar uchun eng yaxshi himoya — taʼlim olish imkoniyatidan emin-erkin foydalanishdir”

Saida Mirziyoyeva Qatarda taʼlimni tajovuzlardan himoya qilish xalqaro kuni munosabati bilan uyushtirilgan davra suhbatida qatnashdi.

“Xotin-qizlar uchun eng yaxshi himoya — taʼlim olish imkoniyatidan emin-erkin foydalanishdir”

"Taʼlimni tajovuzlardan himoya qilish xalqaro kuni munosabati bilan Qatarda uyushtirilgan davra suhbatida ishtirok etish men uchun ulkan sharafdir. Taklif uchun Shayxa Muza bint Nosir al-Misnad hazrati oliyalariga minnatdorlik bildiraman.

 

O‘zbekiston taʼlim sifatiga, ayniqsa, qizlar va ayollarning bilim egallashiga katta eʼtibor qaratmoqda. Bu borada yurtimiz sarhadlari bilan cheklanib qolayotganimiz yo‘q.

 

2018-yili Prezidentimiz tashabbusi bilan Termiz shahrida kasb-hunar taʼlimi markazi ochildi, hozirga qadar bu yerda 700 nafarga yaqin Afg‘oniston fuqarosi tahsil oldi, ulardan 200 nafari – xotin-qizlar.

 

Afg‘onistonlik ayollar uchun bu juda muhim – mamlakatda ona va bola salomatligini muhofaza qilish sohasida malakali tibbiy kadrlar yetishmovchiligi kuzatiladi.

 

Biz gumanitar inqirozning oldini olish yo‘lida afg‘onistonlik qizlar va ayollarni zaruriy kasblarga o‘qitish ishlarini davom ettirishga tayyormiz. Qatar hukumati va “Education Above All” jamg‘armasi bo‘lsa, bu borada bizga yordam berishga shay.

 

Mavjud vaziyatni inobatga olsak, bu vazifani uddalash barcha tomonlar uchun oson bo‘lmaydi. Lekin biz bu yo‘lda bor kuch-quvvatimizni ishga solishga tayyormiz.

 

Xotin-qizlar uchun eng yaxshi himoya — taʼlim olish imkoniyatidan emin-erkin foydalanishdir", — Prezident yordamchisi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика